YULDUZ USMONOVA
YULDUZ USMONOVA

Понравился пост?

Поделись им с друзьями!
Yulduz Usmonova 12 - dekabr 1963 yili mashxur marg'ilon shaxrida ishchi Uraimoxun Usmonov va Rahima Akbarovalar xonadonida tavallud topdi.
Yulduz Usmonova Oilada 8 farzand ( 4 o'gil va 4 qiz) ichida 6 farzand.

Otasi - Uraimoxun Usmonov 1926 - yili marg'ilon shaxrida tug'ulgan.

Umri davomida Marg'ilon ipak kombinantida ishchi bo'lib 52 yil ishlagan.

Oddiy idhchi bo'lishiga qaramay juda mehnat sevar insob bo'lgan.

Otasi oddiy inson bo'lishiga qaramay yaqinlari,tanishlari,qarindoshlari uni "Boy ota" deb atashgan.

Ushndan kelib chiqib bolalik chog'larida Yulduz usmonovani "Boy qizi" deb atashardi.

"Otam ishdan bo'sh vaqtida duradgorlik xam qilardi,tayyor maxsulotlarni dam olish kunlari bozorda sotar,

agar xaridorlarni pullari yetmay qolsa deyarli tuxfa qilib yuborar edi.Mexnatsevarlik va sabrlilik otamdan biz farzandlarga me'ros bo'lib qolgan,

Otam shu xususiyatlari orqali 8 nafar farzandlarni voyaga yetkazdi" deydi O'zbek primadonasi Yulduz Usmonova.

Onasi : Rahima Akbarova 1932 - yili Marg'ilon shaxrida tug'ulgan.Onasi xam Marg'ilon ipak kombinantida 41 yil davomida xalol mehnat bilan ishlagan.

"Onam bizning tarbiyamiz bilan shug'ullangan,albatta onamga 8 nafar farzand tarbiyalab voyaga yetkazish oson bo'lmagan.

Takidlab o'tishim joyizki mening xarakterim onamdan meros.Onam xam xech qachon o'zini xafa qildirib qo'ymagan,

Onam uchun eng muxumi farzandlari mehnatning qadrini bilishi edi" deydi Yulduz Usmonova.

" Ko'pchilik muxlislarim nega menga YULDUZ deb ism qo'yishganinga qiziqishadi.men tug'ulganimda ota-onam nikoxlarini qayd etish uchun maxalliy FXDYO bo'limiga borishgan.Akam Ismoilni xam o'zlari bilan olib borishgan,Akamdan singlingni ismini nima qo'yamiz deb so'rashganda " Men kecha samoda eng yorug' yulduzni ko'rdim, kelinglar uni Yulduz deb ataymiz" deb xarxasha qilgan va ota - onam bunga rozi bo'lishgan.Shunday qilib mening ismimni akam qo'ygan desam mubolag'a bo'lmaydi.

Bolaligimdan meni musiqa va so'z san'ati o'zining jozibadorligi bilan rom qilgan va men kombinant qoshida "Dutorchi qizlar ansambilini" ochdim.

keyinchalik Musiqa oliygohiga o'qishga kirdim.Bitiruv yillarimda mashxur Tamaraxonimning opasi Gavhar Raximova bilan uchrashish nasib qildi.

O'sha yili 8 - mart bayrami munosabati bilan " Nurxon " teatrida uyushtirilgan bayram tadbirida men xam ishtirok etdimi.

Bayram tavomida ishtirok etganlarni sinchkovlik bilan kuzatgan Gavxar Raximova tadbirdan so'ng yoniga chorlab meni O'zi tashkil etgan

" Marg'ilon xandasi " ansanbilida ishtirok etish taklifini kiritdi va men ilk qo'shig'imni ushbu ansanbilda kuyladim.

Yulduz Usmonova keyinchalik Gavxar Rahimova meni toshkentdagi uyiga olib ketib qo'shiqchilik san'ati sirlarini o'rgatdi.

Aynan ular meni Konservatoriya professori Saodat Qobulova bilan tanishtirdilar.Tanishuvimiz davomida Gavhar Rahimova

" Saodat Qobulova siz bu qizaloqdan xaqiyqiy qo'shiqchi etishtirishingiz kerak" dedilar.

Saodat Qobulova menga san'at sirlarini o'rgatdi va yo'l qo'yayotgan xato va kamchiliglarimni to'g'riladilar.

Ko'p yillik mehnatimni sinovdan o'tkazish uchun men " Toshkent Davlat Konservatoriya"siga imtixon topshirdim.

Imtixon chog'ida men Zibunuso she'rlarini o'qidim va " Samarqand Ushshog'i" ni kuylab berdim.

Oliygohga topshirgach men vokal yo'nalishida va keyinchalik maqom yo'nalishida taxsil oldim.

Oliygohni tamomlagan men o'zimning professional san'atimni boshladim va xalqim va muxlislarim meni doimo qo'llab quvatlab kelishdi"

" deydi O'zbek primadonnasi Yulduz Usmonova.
25.01.2014 00:33 MuniraAlieva Комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
О проекте
Lorem ipsum dolor sit amet, consetetur sadipscing elitr, sed diam nonumy eirmod tempor invidunt ut labore et dolore magna aliquyam erat, sed diam voluptua. At vero eos et accusam et justo duo dolores et ea rebum. Stet clita kasd gubergren, no sea takimata sanctus est Lorem ipsum dolor sit amet. Lorem ipsum dolor sit amet, consetetur sadipscing elitr.
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0